Morfonologiya

Morfonologiya (morfologiya va fonologiya) — turli morfemalarning fo- nologik tuzilmasini va fonologik Far- klanishlarning morfologik MAK,sadda qo’llanishini ilmiy tadqiqetuvchi til- shunoslik bo’limi. M. — fonologiya va morfologiya oralig’idagi til bosqichi bo’lib, bu terminni birinchi marta rus- Chex tilshunosi N. S. Trubeskoy taklif etgan. Bunda M. bir mor-femadagi turli fonemalarning almashinuvi sifatida juda tor izohdangan. M.ga keng ma’noda karalganda, u: 1) so’z va morfemalarning fonologik tarkibi hamda o’zak va Affik- sal morfemalarning o’zaro farklani- shini nazarda tutadi; 2) so’z yasash va so’z shakllarini yasash jarayonida morfema- lar va ularning bir-biriga ulanishida bo’ladigan turli o’zgarishlarni e’tibor- ga oladi; 3) morfemalar oralig’idagi va chegaraga ajratishdagi turli xususi-yat- larni M.da o’rganadi. Morfemalardagi fonemalar almashinuvi mor-fonema deb yuritiladi. Mas, tara — taroq so’zlari a/o, sez — seskanmoq so’zlari z/s morfo- nemasiga ega. M. urg’uning morfologik vazifa bajarishini ham nazarda tutadi: olma (ot, mevaning turi), olma (fe’lning inkor shakli) so’zlari urg’uning o’rni b-n farklanadi. M. ba’zi tillarda ko’proq (slavyan), ba’zilarida esa kamroq (turkiy tillarda) bo’lishi mumkin. Abduzuhur Abduazizov.