Moskva jangi

Moskva jangi – 2-jahon urushi dagi yirik janglardan beri (1941.30.9 — 1942.20.4). Mudofaada turgan (1941.5.12 gacha) sovet qo’shinlarining G’arb (general-polkovnik I. S. Konev, 10 okt.dan armiya generali g. K. Jukov), Rezerv (marshal S. M. Budenniy), Bryanskogo (genaral-polkovnik A. I. Eremenko, okt. dan generalmayor g. F. Zaxarov) va ka- Linin (general-polkovnik I. S. Konev) frontlari shiddatli janglardan so’ng, nemis qo’shinlarining «Markaz» ARMi- yalar guruhi (general-feldmarshal F. Bok) hujumini Volga suv omboridan Jan. rokda, Dmitrov, Yaxroma, Krasnaya Polyana (Moskvadan 27 km narida), Istra- dan sharqroqda, Kubinkadan g’arbroqda, Naro-Fominsk, Serpuxovdan g’arbroqda, Aleksin, tuladan sharqrokda to’xtatib dushmanni holdan toydirganlar. 5-6 dek.da sovet qo’shinlari qarshi hujumga o’tib, 1942 y. 7-10 yanv.da butun front bo’ylab yalpi hujumga o’tganlar. 1942 y. yanv. — apr.da shim.-G’arbiy (generalley- tenant P. A. Kurochkin), Kalinin, G’arbiy va Bryansk (general-polkovnik ya.T. Che- revichenko) frontlarining so’l qanot qo’shinlari raqibni mag’lubiyatga uchra- tib, uni 100-250 km nariga uloqtirib tashlashgan. 2-jahon urushida nemislar armiyasi ustidan ilk bor yirik g’alabaga erishilgan.