MOSKVA KONSERVATORIYASI

MOSKVA KONSERVATORIYASI, P.I. Chaykovskiy nomidagi Moskva dav- lat konservatoriya s i — Rossiyadagi eng yirik musiqa o’quv yurti. Rus musiqa jamiyati tomonidan, N. Rubinshteyn (M.k. ning birinchi direktori) tashab- busi b-n 1866 y.da ochilgan. Kompozitor va musiqashunoslar, operasimfonik va xor dirijyorlari, xonanda, sozandalar tayyorlovchi va malaka oshirish f-tlari, aspirantura, bir nechta lab.lar, ilmiy- musiqiy kutubxona, turli ijodiy jamo- alar bor (2002). M.k.da ta’lim olganlar orasida S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Rixter, L. Kogan, M. Rostropovich kabi yirik rus musiqa arboblari hamda mil- liy kompozitorlik maktabi asoschilari — 3. Paliashvili, A. Spendiarov, A. Xa- chaturyan, o’z faoliyatini o’zbek musiqasi b-n bog’lagan A. Kozlovskiy, B. Nadej- din, g. Mushel, Ya. Pekker, N. Yablonov- skiy, R. Glier, S. Vasilenko va b. bor. M.k. qrshida 1930-50 y.lar Moskva o’zbek opera studiyasi faoliyat ko’rsatgan. M.k.da o’zbek kompozitorlaridan M. Bur- bonov, S. Yudakov, O’zbekistonda xiz- mat ko’rsatgan artistlar P. Holiqov, A. Ikromov, dirijyorlar 3. Haqnazarov, N. Olimov, xonandalar I. Jalilov, Q. Muhitdinov, sozandalar O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, prof. A. Shari- pova, xalqaro tanlovlar Laure-atlari N. Ahmedova, V. Sultonov, E. Mirqosimova, O’zbekiston milliy konservatoriyasi professorlari V. Po’latov, A. Hoshimov, B. Qurbonovlar ta’lim olgan juda ko’p musiqashunos va ijrochilar malaka oshirgan.