Mo’tadil iqlim
Mo’tadil iqlim – Quyosh zenitgacha ko’tarilmaydigan mo»tadil mintaqa iqlimi. Mo’tadil iqlim 3 toifa: mo’tadil dengiz, mo’tadil kontinental va mo’tadil musson iqlimlariga bulinadi. Mo’tadil dengiz iqlimida yil davomida xavo seryog’in, qishi nisbatan iliq bo’ladi. Yozi esa jazirama, havo t-rasining yillik amplitudasi unchalik kata bo’lmaydi (10° — 15° atrofida). Bunga G’arbiy Yevropa iqlimi misol bo’lishi mumkin. Mo’tadil kontinental iqlimda qishlari sovuq, yozlari issiq, traning yillik amplitudasi 40° atrofida, yog’in miqdori juda kam bo’ladi. Bunga dengizdan yiroq erlarning iqlimi kiradi. Mo’tadil musson iqlimida qishlari sovuq, qor kam yog’adi va yozlari u qadar jazirama issiq bo’lmasdan, yog’in miqdori nisbatan ko’p bo’ladi. Temperaturaning yillik amplitudasi yetarlicha katta (t<30°). Bun- ga shim. Xitoy va uzoq Sharq iqlimi misol bo’la oladi.