Moturidiylik

Moturidiylik – kalomshn oqim, Abu Mansur Moturidiy asos solgan. 9-a. oxiri — 10-a.da Movarounnahrda tur- li aqidaviy oqimlarning aqidalariga qarshi javob tarzida vujudga kel – gan. M.ning keng yoyilishiga uning mo»tadillik yo’lini tutganligi, aqidaviy masalalarda Qur’on, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turganligi sabab bo’yadi. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan mu’- gaziliylardan farkli o’laroq, aql b-n naqlni qo’shib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Mu’taziliylar Qur’onni yaratilgan desalar, Moturi- diylar uni qadim, azaliy, deb biladi- lar. Imon-e’tiqod xususida M. ta’li- Moti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Mu’ta- ziliylar imonning shartlari 3 ta, ya’ni til b-n iqror, dil b-n tasdiq va amal b-n ijro etish, desalar, M.da imonning shartlari 2 ta, ya’ni til b-n iqror etish va dil b-n tasdiklash, amallarning o’rni esa boshqa, deb ta’rif qilinadi. M. har bir insonning taqtsiri Alloh tomonidan belgilab qo’yilganiga qaramay, u o’z xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. M.ka ko’ra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu b-n bir vaktda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o’tish va to’g’ri yo’lni topish uchun keng imkoniyatlar berib qo’yilgan. U o’z xatti-harakatlarida IX- tiyorlidir. M. ta’limoti rivojlanib, 13-a.dan keyin Movarounnahr hududidan chiqib, musulmon Sharqi mamlakatlariga yoy- ildi. Saljuqiylar hukmronligi dav- rida hamma joyda Islom aqidalarida M. tatbiq qilindi. Sunniylik- ning hanafiylik mazhabiga e’tiqod qiluvchilarning barchasi aqida bobida Imom Moturidiy, uning shogirdlari hamda izdoshlari yozib qoldirgan asar- larga tayanib ish ko’radilar. Islom ola- Mining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shim. Afrikada bu ta’limot hozir ham o’rta va oliy diniy o’quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o’qitib kelinadi.