Mo’ylovli baliqlar
Mo’ylovli baliqlar (Barbus) karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urug’i. Daryo va ko’llarda yashaydi yoki o’tkinchi baliqlar. Og’zi yonida ikki juft mo’ylovi, orqa suzgichida tishchalari, ba’zan silliq tikani bo’ladi. Ko’pchilik turlari Afrika va Osiyoning tropik, Yevropaning iliq suvlarida yashaydi. Orol mo’ylovli balig’i (B.brachycephalus)ning uzunligi 1 metrgacha, vazni 20 kilogrammgacha. 5-6 yilda voyaga yetadi. Uvildiriq tashlash uchun may—iyul oylarida Amudaryo va Sirdaryoga o’tadi. 540,7 ming tagacha tuxum qo’yadi. Uvildiriqlari yirik, pelagik (suvda qalqib turadi). Orol dengizida, asosan, mollyuskalar bilan oziqlanadi. Mo’ylovli baliqlar ovlanadi. Hozir soni keskin kamayib ketgan.