Mo’ynali hayvonlar
Mo’ynali hayvonlar – terisi dan mo’yna olinadigan yovvoyi va qo’lda boqiladigan sut emizuvchi hayvonlar. Mo’ynali hayvonlarning har xil turkumga mansub 100 dan ortiq turi bor. Yirtqichlar turkumidan suvsarlar oilasiga mansub hayvonlar: suvsar Sibir, uzoq Sharq va shimoliy Uralda, dengiz qunduzi Kamchatka, Kuril, komandar orollari va Shimoliy Kaliforniya qirg’oklarida tarqalgan. Ayrim noyob Mo’ynali hayvonlar (yo’lbars, qoplon, oq ayiq, Bars, qizil bo’ri va boshqalar) qizil kitobga kiritilgani sababli ularni ovlash taqiklanadi. Sifatli mo’yna olish uchun Mo’ynali hayvonlar kuz yoki qishda ovlanadi. Ko’pchilik Mo’ynali hayvonlar (tulki, Amerika norkasi, suvsar, nutriya va boshqa) turlari kataklarda ko’paytirib boqiladi.