Mozaika

Mozaika (Frans. masaique — mu- zalarga bag’ishlangan) — bir xil yoki tur- li xom ashyo (koshin, tosh, yogoch, marmar, metall va b.) bulaklaridan ishlangan tasvir, naqsh. Mahobatli (monumental) bezak san’atining asosiy turlaridan. Asosan, binolar, amaliy san’at asarla- rini bezashda, dastgoh. san’ati asarla- ri yaratishda qo’llanadi. M. yig’ishning 2 xil usuli farqlanadi: naqsh (tasvir) mustaxkamlovchi modda (ohak, tsement, mum va b.) surtilib bezatilayotgan yuzaga mayda bo’laklardan to’g’ridan-to’g’ri te- rib hosil qilinadi; te s kar i terishda rasmli qog’oz yoki matoga bo’laklar o’ng tomoni b-n yopishtiriladi, so’ng teskari tomoniga mustahkamlovchi modda surti- lib, bezatilayotgan yuza (devor yoki Shift) ga biriktiriladi. M.ning alohida turi —inkrustasiya. Turli ranglarda bo’yalgan doiralar- dan iborat eng qad. M. mil. AV. 3ming yillikka mansub. M. Qad. Sharq mamla- katlarida, antik davr va o’rta asrlarda Vizantiya, Italiya, Gruziya, Qad. Rusda rivojlangan. G’arb. Evropa san’atida bezak M.lar keng tarqalgan. Islom mam- lakatlarida 13-14-a.larda koshinli M. rivojlangan, qoliplar asosida ishlan- gan bo’laklar yig’ilib murakkab naqsh (tasvir)lar hosil qilingan. 14-15-a. larda Samarqand va Buxorodagi binolar peshtoqiga ishlangan M.lar jozibador- ligi b-n diqqatni tortadi. 18-a.da Evropada (jumladan, Rossi- yada M.Lomonosov tomonidan) M. qayta tiklangan (dastgoh portretlar va batal kompozisiyalari yaratilgan). «Modern» va milliy romantik oqim ustalari may- olika (koshin)li M. usulidan foydalan- ganlar (ispan A. Gaudi, rus V. Vasnesov, M. Vrubel va b.). Yirik bo’laklardan tu- zilgan M.da ko’zga tashlanuvchi mahalliy ranglar uyg’unlashtirib tuzilgan kompo- zisiyalar kup uchraydi (R. Guttuzo, D. Ri- Vera va b.). 20-a.ning 30-y.laridan san’- atlar sintezi masalalariga qiziqish ortdi, M. ham rivojlandi. O’zbekistonda 60-y.lardan (ayniqsa, Toshkent zilzila- sidan keyin) M. keng tarqaldi, jamo- at va turar joy binolari bezagida keng qo’llanilmoqda (Toshkentdagi amaliy san’at muzeyi, «Paxtakor» metro bekati bezaklari va b.). Asrlar davomida rivoj- lanib kelayotgan qad. koshinkorlik an’a- nalari keng qo’llanilgan holda jamoat binolari, me’moriy obidalar ajoyib M. namunalari b-n bezatilmok,da: Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Oliy maj- lis bi-nosi, O’zbekiston konservatoriya- si binosi va b.