Mozandaron

Mozandaron — Erondagi tari- xiy viloyat. Gilon b-n Xuroson oraligi- da. Hoz. ma’muriy bo’linish bo’yicha Oston (viloyat). 9-12-a. manbalarida tabari- ston nomi b-n ma’lum. 13-a.dan esa M.deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik bo’lgan; keyinchalik arablar, Somoniylar, Saljuqiylar, mo’g’ullar qo’l ostiga o’tgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. M.ni 14-a. oxirida Amir Temur qo’shinlari egallagan. 16- a. boshida M. yana mahalliy hukmdorlar ko’liga o’tgan. Abbos I davrida M.da mahalliy sulola tugatilib, M. Safa- viylar davlatiga qo’shilgan. 1920-21 y.larda M.dademokratik harakatlar avj olgan. 1946-51 y.lari M.ning ayrim shaharlari (Bobil, sari)da Angliya-Eron neft kom-paniyasiga qarshi ommaviy mi- Ting va namoyishlar bo’lib o’tgan.