Muashshar

Muashshar (Arab. — o’nlik) — har bir bandi o’n misrali, bir necha o’nlik bandlardan tashkil topuvchi she’r shak- li. Musammatlarnknt boshqa turlarida bo’lgani kabi M.larning ham birinchi o’nlik bandi misralarida o’zaro ohangdosh so’zlar qofiyalashadi (a—a—a—a—a— a—a—a—a—a), qolgan bandlarining 8 yo 9 misrasi o’zaro qofiyalashib, oxirgi 9 – yoki 10misra 1band- dagi misralar b-n qofiyalashadi. Fu- zuliyning kator shunday she’rlarida, No- diraning «Firoqnoma» deb yuritiluvchi M.ida har bir o’nlikda oxirgi bir bayti nakarotdek aynan takrorlanib turadi. Bunday M.larning qofiyalanish tarti- bi: a—a—a—a—a—a—a— a—b—b, v—v—v—v—v—v—v—v—b—b… tarzi- dadir. Ular tarje’baytli M.lar deyi- ladi. M.lar musammatlar tarkibida eng ko’p o’xshash qofiyalar topib ishlatishni, ularni poetik mazmunni ochishga xizmat qildira olishni talab qiluvchi murakkab usullardan biridir. Shuning uchun M. namunalari mumtoz adabiyotimizda ko’p emas. O’zbek adabiyotidagi ayrim namu- nalari Shavqiy Kattaqo’rg’oniy, Nodira, Ahmad Tabibiy, barmok, vaznidagi namu- nalari esa Fafur G’ulom («Emukdoshlar musobaqasi»), Abdulla Oripov («tabi- at») kabi shoirlar ijodida uchraydi.