«Muayyid ul-fuzalo»

«Muayyid ul-fuzalo» («Fozil- lar yordamchisi») — 16-a.ning 1-choragida Hindistonda Muhammad ibn Lod ibn Abduvahob tomonidan yaratilgan forscha izohpi lug’at. Unda forscha hamda fors telega o’tgan Arabcha, turkiy sas va ibo- ralar izohlangan. Bu asardan Muhammad G’iyosiddin Tompuriy o’zining «G’iyos ullug’at»ini yozishda foydalangan. Lu-g’at so’zlarning bosh harfi tartibida Kito- blarga, har bir kitob so’zlarning oxir- gi harfi tartibida boblarga bo’lingan. Har bir bob 3 fasldan iborat bo’lib, birinchisiga Arabcha, ikkinchisiga fors- Chava uchinchisiga turkiy so’z va iboralar kiritilgan. Bu asarning qo’lyozma nus- xalari Parij, Berlin, London, Bombay qo’lyozma fondlarida va O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi (inv. №2215).