MUBORAK GAZ-KONDENSAT Koni
MUBORAK GAZ-KONDENSAT Koni — muborak sh. yaqinidagi Jan. va shim. Muborak konlari. Jan. Mubo- rak gaz-kondensat koni muborak sh.dan 15-20 km Jan.-sharkda joylashgan. Kon strukturasi 1955 y.da L. G. Cherkashina va N. I. Kamoliddinovlarning seysmik tadqiqotlari natijasida aniqlangan. Konning gazliligi kuyi bo’rga man- sub 12 – va 13-gorizontlar b-n bog’liq. 12mahsuldor gorizont 1160-1470 m chuqurlikda joylashgan va qumtosh va alevrolitlardan tashkil topgan. Umu- miy qalinligi 62-67 m, samarali qalinligi 16-27 m, ochiq g’ovakliligi 18-22%, samarali g’ovakliligi 12— 18%, o’tkazuvchanligi 125— 578 milli- darsini tashkil etadi. Uyumning uz. 12,6 km, eni 4,3 km va qalinligi 130 m. Gaz zichligi 0,640 (xavoga nisbatan), tarki- bidagi metan 85— 93%, SO2 gazi 0,1 — 1,5%, azot va nodirgazlar 1,8—5%. Kon- densatning zichligi 0,74; qovushokligi 1,03 santipuz, tarkibidagi oltingugurt 0,03%. Gaz tarkibida erigan kondensat mikdori 95 sm3/m3. 13-gorizont 1230— 1450 m chuqurlikda joylashgan bo’lib, asosan, qumtosh, gravelit, gil va qisman mergeldan tuzilgan. Umumiy kalinli- gi 80 m gacha, samarali qalinligi 30 m, ochiq g’ovakliligi 16-24%, samarali g’ovakliligi 12-18%, o’tkazuvchanligi 298 millidarsi. Uyumning uz. 10 km, eni 3,75 km, qalinligi 82 m. Boshlang’ich qatlam bosimi 133 ATM, t-rasi 65°. Gaz- ning zichligi 0,63 (havoga nisbatan) va tarkibidagi metan 84,8—92,7%, og’ir uglevodorodlar 7-8%, azot va Nodir gazlar 2-5,8%, kondensat mikdori 80,6 sm3/m3. 12-13-gorizontlardagi konden- sat fizikkimyoviy xossalari bo’yicha bir xil. Shim. Muborak gaz-kondensat koni Muborak sh.dan 8-10 km masofada joy – lashgan. Konda neft va gaz uyumlari yura davri yotqiziqlari b-n bog’liq. 18-gori- zont gaz-kondensat li, 15 – a-gorizont neft hoshiyali gaz uyumi, 15-gorizont gaz uyumidan iborat. 15 va 15 – a-gorizontlar kellovey-Oksford yotqiziqlariga mansub bo’lib, g’ovak ohaktoshlardan tuzilgan. Gorizontlarning umumiy qalinligi 66— 116 m, samarali qalinligi 1 — 103 m, g’ovakliligi 17,8, o’tkazuvchanligi 78 millidarsi. Uyumning uz. 11,6 km, eni 3 km, gazli qismining kalinligi po m, neftli qismniki — 17 m, chuqurligi 1795-2190 m. Boshlang’ich qatlam bo- simi gaz uyumida 199,01 ATM, neft uyumida 200,47 ATM. Gazning zichligi 0,568—0,630, uning tarkibida metan 91,9—89,3%, azot va Nodir gazlar 1,2— 2,1%, SO2 gazi 0,1—0,2%, oltingugurt 0,1% mikdorida. Neftining zichligi 0,857% g/sm3, uning tarkibida oltingu- gurt 0,89%, asfaltenlar 0,07%, AK-tsizli qatronlar 14%. 18-gorizont o’rta yura yotqizikdarida bo’lib, asosan, qumtoshlardan tuzilgan. Gaz-kondensat uyumining umumiy kalin- ligi 60-65 m, samarali kalinligi 25— 31 m, g’ovakliligi 15,6%, o’tkazuvchanligi 220 millidarsi. Chuqurligi 2080-2400, uz. 11,5 km, eni 2,5 km, k,alinligi 140 m. Boshlang’ich qatlam bosimi 234,9 ATM. Uyumdagi gazning zichligi 0,600— 0,723, oltingugurt- siz, tarkibida metan 85-91%, azot va Nodir gazlar 2,7—8,2%, SO2 gazi 0,1 — 10% mikdorda. Gazdagi barqaror kon- densat mikdori 100 sm3/m3 va zichligi 0,758 g/sm3. Qatlam suvlari xlorkalishyli tur- da bo’lib, mineralizasiya 0,5—6,2 g/l, tarkibida yod (218,5 mg/l), brom (5760,0 mg/l), bor (114,7 mg/l) va ammoniy (600 mg/l) bor. Baxshillo Akramov.