Muchal, muchal hisobi
Muchal, muchal hisobi– 12 ta hayvonning nomi bilan ataladigan (12 yillik) davriy yil hisobi. Bu hayvonlar: sichson, sigir, yo`lbars, qo`yon, baliq, ilon, ot, qo`y, maymun, tovuq, it, to`ng`iz. Kishi shu hayvonlar nomi bilan atalgan 12 yilning qaysi birida tug`ilgan bo`lsa, uning muchali shu hayvon nomi bilan atalgan. Masalan, qo`y yilida tug`ilgan kishining mo`chali – qo`y, ot yilida tug`ilgan kishining muchali – ot va h.k. Muchal hisobida shu aytilgan 12 yillik davr bir aylanib kelsa, odam bir muchalga to`lgan bo`ladi. Lekin kishilarning yoshini aniqlashda ularning ona qornidagi vaqti ham bir yilga teng deb hisobga olinadi, ya’ni kishi bir muchalga to`lganida uning yoshi 12 emas, 13; ikki muchalga to`lganda 25 bo`ladi va h.k.