Mudofaa

Mudofaa — jangovar harakat turlaridan biri. Dushman kuchlari hujumini qaytarish, ularga jiddiy talafot yetkazish, jangovar pozitsiyani qo’lda tutib turish va shiddatli hujumga o’tish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qo’llaniladi. Janglar va operatsiyalar shaklida olib boriladi.