Muhammad Sharif

Muhammad Sharif (16-asr oxiri -17-asr boshlari) — musavvir, O’rta Osiyo miniatyura maktabi namoyandasi. Muhammad Murod Samarqandiy va Muhammad Darvish Samarqandiy bilan Sa’diyning «Bo’ston» asari qo’lyozmasini (1570, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida) bezashda qatnashib, 4 ta rasm ishlagan. Shuningdek, hamkorlikda «Yigit rasmi» (Luvrda) va «go’zal qiz» (shaxsiy majmuada) kabi alohida asarlar ham yaratgan.