Muhaqqaq

Muhaqqaq (arabcha)-xattotlik uslubi, arab yozuvidagi mumtoz olti xat uslubidan biri. Kufiy xati asosida Ibn Mukda’ ixtiro qilgan deyiladi. Harflarning 1-2-qismlari doirasimon, 4-5-qismlari to’g’ri chiziqlardan iborat. Muhaqqaqda “alif”, “lom”, “dol” va “qof” harflari asosan yuqoriga qarab haddan tashqari cho’ziq qilib yoziladi. Qadimgi ma’kaliy yozuviga o’xshab ketadi. VII-XVII asrlarda keng qo’llangan. O’rta asr xattotlari Muhaqqaqni eng mukammal va aniq yozuv deb hisoblaganlar.