MUIN XALFA BOBO MAQBARASI

MUIN XALFA BOBO MAQBARASI — Toshkentdagi me’- moriy yodgorlik (19-a.). Samarqandlik xalfa (quruvchi, usta) Muin o’zi uchun qurdirgan. Makbara peshtoq gumbazli, bir xonali. Umumiy tarhi 5,48×6,16 m, go’rxona murabba tarhli (3,05×3,05 m). Unda Muin buva va o’g’li Umarxon sag’anasi saqlangan. Xonaga yorug’lik g’arbiy devoridagi panjara b-n bezatil- gan tobadondan tushadi. Qurilishida silliqlangan pishiqg’isht (24x25x3,5 sm) dan foydalanilgan. Ad.: Bulatova V., Man kovskaya L., Pa- myatniki zodchestva Tashkenta XIV—XIX vv., T., 1983.