MUKOROZLAR

MUKOROZLAR — o’simliklarning zamburug’kasalliklari. Mukor zamburug’lar ko’zg’atadi. Rhizopus nigricans Ehr. guruhiga mansub vakil- lari g’o’za ko’saklari mukoroziga sa- bab bo’ladi. Zamburug’lar g’o’za tunla- mi, beda qandalasi, usimlik bitlari va b. hasharotlar zararlagan etilma- gan ko’saklargatushadi. Kasallangan ko’saklardagi tola sarg’ishjigarrang, kasallik avj olganda esa qizg’ishroq sariqjigarrang tusga kiradi. Kurash choralari: so’ruvchi hasharotlarni insektisidlar yordamida yo’qotish, optimal ko’chat qalinligini ta’minlash.