Mulkni xatlash

Mulkni xatlash (O’zRda) — mol- mulkni ro’yxatga olish va uni tasarruf etish man etilganligini e’lon qilish, zarur hollarda esa, mol-mulkdan foyda- lanish huquqini cheklash, uni olib qo’yish va saqlashga topshirish. Fuqarolik Pro- tsessida M.x. sud qal qiluv qarorlarini ijro qilish bosqichida, da’voni ta’minlashning bir chorasi sifati- da qo’llaniladi. Jinoyat prosessual qonunchiligida esa, fuqaroviy da’volar- ni ta’minlash maqsadida tergovchi ham M.x.i mumkin. Bunday paytda bayonnoma tuzilib, uning nusxasi tilxat asosida mulk egasiga beriladi. Mulk xatlan- gach, uning egasi: mulkni sotib yubo- rish, sovg’a qilish, almashtirish, garovga qo’yish kabi huquqlardan mahrum bo’ladi. M.x. dalolatnoma orqali rasmiylashti- riladi. Dalolatnomada: u tuzilgan vaqt va joyi, sud ijrochisining, dalolatnoma tuzilishida ishtirok etgan shaxslarning ism-shariflari, M.x. uchun asoslar, un- diruvchi va qarzdorning ism-shariflari, mulk haqidagi ma’lumotnoma, uning tav- sifi va qiymati, mulkni saqlashga be- rilgan shaxsning nomi, M.x. jarayonida qatnashgan shaxslarning e’tirozlari va sh.k. ko’rsatiladi. Dalolatnomaga sud ij- rochisi, karzdor va dalolatnoma tuzilishi- da ishtirok etgan shaxslar imzo chekadi. M.x. jarayonida sud ijrochisi noqonuniy xatti-harakatlar qilgan (mas, qonun bo’yicha xatlash mumkin bo’lmagan mul- kni ro’yxatga olgan) bo’lsa, manfaatdor shaxslar sudga shikoyat b-n murojaat qilishlari mumkin. Muzaffarjon Mamasiddiqov.