MULLA QIRG’IZ MADRASASI

MULLA QIRG’IZ MADRASASI -Namangandagi me’moriy yodgorlik (20- a.)- Maxalliy usta mulla qirg’iz (mul- la bozor Oxund) nomi b-n bog’liq. Mulla Bozor Oxund fiqh, qadis, adabiyot va b. ilmlarni yaxshi egallagan yirik olim, 17-a.ning 1-yarmida yashab ijod etgan. Buxorodagi madrasada o’qib, donishmand olim Mirzo Bahodir Buxoriydan ta’lim olgan, u zotdan ir-shod xatini — pir- ning yorlig’ini olgach, O’rta va yaqin Sharq mamlakatlariga sayohat qilgan. Madrasa shahar markazida qurilgan. Bino tarhi notekis, 5 qirrali bo’lib, hujralar b-n o’rab olingan. Bunday shak- lni madrasa qurilgan joy sharo-itlari taqozo qilgan. Masjid va darsxona gum- bazli, bir-biriga tutash qilib qurilgan, hujralar qo’shqavatli. Hovlida minora bor. Bosh tarzi me’morligida xujralar qiyofasiga ko’rkamlik baxsh etib tur- gan mexrobiy ravoq ko’zga tashlanadi. Peshtoqni bezashda ko’k, yashil, sariq, oq rangli koshinlar qo’llangan. Mul- la qirg’iz yaratgan madrasa an’anaviy- ligi b-n emas, balki tarx, echimining alohidaligi b-n diqqatga sazovor.