Munchoq
Munchoq — qimmatbaho va rang- barang tosh, shisha va sh.k. narsalardan turli (dumaloq, uzunchoq va b.) shaklda tayyorlanadigan donachalar. Donachalar- ni ipga tizib yasaladigan hamda bo’yinga taqiladigan taqinchoq (marjon)lar ham M. deb ataladi. O’zbekistonda ayollar va bolalarning bezak buyumi bo’lgan ko’zmunchoq turi bo’yin va qo’lga taqiladi, kiyim (ko’ylak, nimcha, do’ppi va b.) ga tikiladi. M. qadimdan ko’pgina xalqlar orasida keng tarqalgan. Tosh (neolit) va suyakdan, jez davrida metallardan ishlangan. Qad. Misrda shi-shaning IX- tiro qilinishi b-n shisha M.lar keng tarqaldi. O’rta asrlarda Italiya, Rossiya, O’rta Osiyo va b. joylarda ham shisha M. paydo bo’lgan.