Munjonlar

Munjonlar — Pomir xalqlari tarkibidagi etnik guruh. Afg’oniston Badaxshoni, Panj daryosining yuqori oqimlari havzasida yashagan. 1-ming yillik boshida Hindukush, Pomir, hozirgi Tojikistonning tog’li rayonlarida yashagan baqtriyaliklarning ajdodlari. Munjonlarning umumiy soni haqida ma’lumot yo’q. Qishloqlarda yashaydi. Tojik tilida so’zlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar.