MUOMALA XARAJATLARI

MUOMALA XARAJATLARI — tovar muomalasi jarayoni b-n bog’liq bo’lgan jami sarflar. M.x. mohiyatiga ko’ra sof va qo’shimcha xarajatlarga bo’linadi. Sof xarajatlar tovarlarni bevosita oldisotdi qilish b-n bog’liq xarajatlardir. Sof xarajatlarga bevo- Sita savdoni uskunalar b-n jihozlash, binolarni isitish, yoritish, savdo xo- dimlariga haq to’lash va h.k. xarajatlar kiradi. Qo’shimcha xarajatlarga tovar- larni tashib iste’molchilarga etkazish, ularni saklash, qismli to-varni yig’ish (mas, mebel), ularni joylashtirish, o’rash, reklama va boshqa xarajatlar ki- radi.M.x. ning asosiy ko’rsatkichi uning darajasi hisoblanadi va tovar aylanma- si hajmiga nisbatan foiz b-n o’lchanadi. M.x. tovar narxi tarkibiga kiradi. Shu- ning uchun ham uning darajasi aholi turmush darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Savdo madaniyatining yuksalishi M.x.ni pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muxtor Rasulov.