MUOVIYA

MUOVIYA I (? – 680) – umaviylar Su- lolasi asoschisi va shu suloladan bo’lgan dastlabki xalifa (661-680). Quraysh qabilasi zodagonlaridan. 639 y.dan Su- riyada noib. 657 y. xalifa Ali va uning o’limidan so’ng xorijiylar b-n kurash olib borgan, 661 y. xalifa deb e’lon qilingan. Xalifalar hokimiyatini me- rosiy qilgan. M. davrida xalifalik poytaxti Damashq sh.ga ko’chirilgan. M. siyosati Arab qabila zodagonlarining manfaatini ifodalagan. Yirik diplo- mat va ma’mur bo’lgan.