Murabba

Murabba (Arab. — to’rtlik) — Sharq she’riyatidagi lirik janrlardan; qofiyalanish tartibi asosida tuzilgan she’r. Musammat turiga mansub boshqa she’r shakllariga o’xshash a—a—a—a, b—b—b—a, v—v—v—a tartibida krfi- yalanadi. Misralar soniga ko’ra har bir bandi ruboiy va tuyuklarga o’xshasa ham, bir necha to’rtlik bandlar tarzi- da tuzilib, bir asarni tashkil etishi, aruzning turli vaznlarida yozilishi va oxirgi to’rtlikda shoir taxallusining ko’rsatilishi kabi xususiyatlari b-n ulardan farq qiladi. M. eng qadimiy shakllardan bo’lib, mustaqil to’rtliklar shaklidagi namunalari «Devonu lug’otit-turk», «Qutadg’u bilig» asarla- rida uchraydi. Musammat-M., hikmat M. shaklidagi ilk namunalari Axmad Yassa- viyning «Devoni hikmat»ida keltiril- gan. 16-a.dan boshlab Fuzuliy, Mashrab ijodi b-n M. rivojining yangi bosqichi ko’zga tashlanadi. Bu sho-irlar orifona va oshiqona g’azallarga xos g’oyaviy va ba- diiy xususiyatlarni musammat-M.larga singdirdilar. Ularning an’analarini Ogahiy, Muqimiy, Bayoniy, Avaz kabi 19- a. shoirlari ijodiy davom ettirdilar. Ayniqsa, Muqimiy bu janr rivojiga alohida hissa qo’shdi. M. xalqona she’r shakllaridan biri sifatida 20-a. she’- riyatida ham rivojlantirildi.