Murakkab efirlar

Murakkab efirlar — organic birikmalar. M.e.da uglevodorod radi- kali organik yoki anorganik kislotalar radikallari b-n kislorod atomi orqali bog’langan bo’ladi. M.e. tabiatda yog’lar va vosklar sifatida uchraydi. Fosfat kis- lota efirlari inson va hayvonlar orga- nizmida moddalar almashinuvi jarayon- larida muxim rol o’ynaydi. M.e.ning aksarisi suvda erimay, or- ganik erituvchilarda eriydi. M.e.dan me- valar hidi keladi. Asosan, eterifika- tsiya yo’li b-n olinadi. M.e. uchun s o -Vun- lanish reaktsiyasi tavsiflidir. Spirt va kislotadan efir hosil bo’lishi qaytar reaktsiya hisoblanadi. Bunda to’g’ri reak- tsiyani eterifikasi-yalash, teskari reak- tsiyani esa gidroliz deyiladi. M.e. erit- malarida elektr tokini utkazmaydi. Quyi M.e., asosan, erituvchilar (mas, etilasetal), o’rtalari oziq-ovqat sanoa- tida essentsiyalar (mas, nok essentsiyasi) sifatida qo’llanadi. Sulfat kislota efirlari (dimetilsul-Fat) organic sintezda, nitrat kislota efirlari — portlovchi moddalar (nitrogliserin) olishda xom ashyo sifatida, M.e. farma- tsevtika, lok-bo’yoq, polimer va plastmas- Salar, sintetik tola i.ch.da va b. sanoat tarmoqlarida ishlatiladi.