Murch

Murch (Piper nigrum) — murchdosh- lar oilasiga mansub ilashib o’suvchi ko’p yillik o’simlik (liana). Poyasininguz. 15 m cha, diametri 8-12 mm. Bargi keng, tuxumsimon, nayza uchli. Gullari mayda, sarg’ish, to’pguli shingilsimon. Mevasi bir urug’li, qizil, pishgach sarg’ayadi, pish- magani quritilsa qora-yib bujmayadi. Hindiston, Hindixitoy, Tseylon, Suma- tra, Yava va Borneo, Lagos, Gana, Mavrikiy va Madagaskarda, katta Antil o.larida va Brazili-yada ko’p ekiladi. Uzbekiston- da aksari-yat issiqxonalarda o’stiriladi. Qalamchasidan ko’paytiriladi, 2-3-yili meva tugib, yiliga ikki marta ( tupidan 2-4 kg) hosil beradi. Dunyo bo’yicha Yi- liga 55-60 ming t M. etishtiriladi. Mevasini yumshoq eti b-n quritib, qora murch, etidan tozalab va yanchib oqmurch olinadi. Mevasi oziq-ovqat sanoatida va oshpazlikda ishlatiladi. Tarkibida pi- Perin, piperidin alkaloidlari va efir moyi (1 — 1,5 %) bor.