MURIDIYLIK

MURIDIYLIK, muridizm — tasavvufnkng Kavkazda tarqalgan shakli. U tasavvuf ta’limoti- ning zohidlik, murshidlik va imomlik g’oyalariga asoslangan. M. 19-a.ning 20-y. larida bag’dodlik yirik sufiy Xolid Sulaymon, shirvonlik Shayx Ismoil va buxorolik ulamo xos Muhammad orqali Shim. Kavkazga tarqaldi. Mahalliy qozi Kurali Muhammad (Muhammad Yarogskiy) va Jamoliddin uning nazariy asosini yaratishdi. Keyinchalik Shomil uni yaxlit tariqat shakliga ko’tardi. M. Dog’iston va Chechenistonda tashkil topgan davlat — imomlik (imomlar: G’ozi Muhammad, Hamzatbek, Shomil)ning diniysiyosiy va harbiy asosini tashkil qilib, Kavkaz urushlari davrida tog’liklarning Rossiya imperiyasiga qarshi olib borgan kurash- larida g’oya- viy mafkura sifatida xizmat qildi. Lekin tog’liklarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Chor va sovet Rossiyasi davrida M. diniy muta- assiblikka asoslangan reaktsion ta’li- mot deb qoralandi. Ad.: Kaziev Sh., Imam Shamil, M., 2001; Degoev V., Imam Shamil: Prorok, Vlastitel, Voin, M., 2001.