Murmansk

Murmansk (1917 y.gacha Romanov na Murmane) — RF Murmansk viloyati- dagi qahramon shahar (1985), Murmansk viloyati markazi, Barents dengizining Kola qo’ltig’i sohilidagi muzlamaydi- gan port. T.y. stantsiyasi. Aholisi 388,3 ming kishi (1998). Sanoatining asosiy tarmoqlari — baliq ovlash va baliqni qayta ishlash, kema tuzatish, qurilish materiallari i.ch. M.da t-ral, seld ov- lash va qabul-transport flotlari bor. Qutb i. t. va dengiz baliqxo’jaligi va okeanografiya loyihalash in-tlari, 3 oliy o’quv yurti, 3 teatr, o’lkashunoslik, badiiy, harbiydengiz muzeylari bor. M. Kola qo’ltig’ida dengiz porti qurilishi va Murmansk t. y. o’tkazilishi munosa- bati b-n vujudga kelgan. 1930 y.dan M. Shim. dengiz yo’lining boshlanish joyi. 2-jahon urushi y.larida M. porti muhim strategik ahamiyatga ega bo’ldi.