Murobitlar
Murobitlar (Arabcha — rabotda yashovchilar) — shimoliy Afrikadagi Zohid, darvishlarning harbiylashgan diniy jamoasi a’zolari. 11 —12-asrlarda Murobitlar Marokashni zabt etgan va Al-Murobitun sulolasi va davlatiga asos solgan. Keyinroq musulmon avliyolarini, yo’lboshchilarini yoxud darvish jamoalarining tashkilotchilarini ham Murobitlar deb atashgan.