Murod 1

Murod 1 G’oziy, Xudovandigor (1326-1389) — Usmonlilar sulolasita mansub Turkiya sultoni (1362-89). Sul- ton O’rxon G’oziyning o’g’li. Taxt tepasi- ga kelgan ml birodarlari Ibrohim va Xalillarni qatl etgach, kichik Osiyoning Sharqiy va Jan. xududlarini o’z tasarru-figa kiritadi. Tez orada mamlakatning ilgari qo’ldan chiqqan g’arbiy erlarini qaytarib oladi. 1362 y. bolgarlarning Filippopol (Plovdiv) sh.ni zabt eta- Di. Oradan 2 yil o’tgach, bolgar shoqi Shishman Usmoniylar sultoniga xiroj to’lovchiga aylanadi. M.I 14-a.ning 70-y. larida poytaxtni Edirne (Adrianopol) ga ko’chiradi. M.1 1376 y. Vizantiya tasar- rufiga o’tgan Gallipoli ya.o.ni qaytarib oladi; 70-80-y.larda Bolkrndagi barcha erlarni bosib oladi. 1389 y.ning iyuni- da M.1 ulkan armiyasi b-n serb erlariga kiradi. Kosovo maydonida Knyaz Lazar boshlik, serb kuchlari b-n to’qnashadi (1389 y. 15 iyun). M.I qaror-gohiga La- zar armiyasi haqida ma’lumot bermoqchi bo’lgan serb-krchoq Miloshni olib keli- shadi, u tusatdan M.1 ning yuragiga Xan- jar sanchadi. Biroq, M.I ning qo’shini jangda g’alaba qozonadi. Asirga olingan Lazar jon berayotgan M.I ko’z o’ngida qatl qilinadi. M.I ning to’ng’ich farzandi bo- Yazid I Yildirim sultonlik shohsupasiga o’tiradi. Ad.:Novichev A. D., Istoriya Tursii, t. 1, L., 1963; Petrosyan Yu.A., Osmanskaya imperiya. Mogutshestvo i Gibel, M., 1990.