Murodobod
Murodobod — Hindistonning shimoliy qismidagi shahar. Ramgang daryosi (Gang irmog’i) bo’yida. Uttar-Pradesh shtatida. Aholisi 500 ming kishi chamasida. Temir yo’l tuguni. Murodobod — kustar usulda ip gazlama to’qish, yog’och va jezdan tayyorlangan va lok hamda qalay bilan bezatilgan badiiy buyumlar ishlab chiqarishning markazi. Shaharga 1625 yilda asos solingan. Me’moriy yodgorliklaridan 17-asrda qurilgan Jome masjidi saqlangan.