Murodov Abduqodir

Murodov Abduqodir (1893 – tosh- kent — 1974.6.3) — xattot, Sharqshu-nos olim. Abulqosim madrasasida tehsil ko’rgan (1907-17). Dastlab o’qituvchi, keyin O’zdavnashrda xattot bo’lib ish- lagan. Navoiy yubileyi qo’mitasida il- miy xodim (1940-42), 2-jahon urushi qatnashchisi. 1944 y.dan O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tida ilmiy xodim, xattot bo’lib ishlagan. In-t fondidagi qo’lyozmalarni o’rganish, tartibga kelti- rish, muallifi va kotibini aniqlashda katta xizmat qilgan, in-t fondidagi qo’lyozmalarga mualliflar katalogini tuzgan. 30 ga yaqin kitob ko’chirgan. Arab tilidan Ibn Sinoning «Tib qonunlari» (1—3jildlar)ni, Arab adabiyotidan na- munalar, yoqut Hamaviyning «Mu’jam ul-buldon» («mamlakatlar lug’ati») asa- rining O’rta Osiyo tarixi va geogr.siga oid qismini tarjima qilgan. As: O’rta Osiyo xattotlik san’ati ta- rixidan, T., 1971.