Murodov Kamol

Murodov Kamol (1974.29.11, Olot tumani) — kurashchi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi, «O’zbekiston iftixori» (1999). M. O’zbekiston jismoniy tar- biya in-tini (1997), Toshkent iqtisodiyot untini (2002) tugatgan. 1997 y.dan Mar- kaziy harbiy sport klubida xizmat qiladi. Dastlab dzyudo musobaqalarida muvaffaqiyatlarga erishdi. Dzyudo bo’yicha O’zbekiston chempioni (1994, 1995, 1997-2001), Osiyo o’yinlari bron- za medali sovrindori (1998, Bangkok), Osiyo chempionati kumush medali sohibi (2000, Osaka), Gran-Pri musobaqalari g’olibi (1998, Myunxen; 1999, Nyu- York; 2000, Tunis). Kurash bo’yicha uz- bekistonning mutlaq chempioni (1997), O’zbekiston Prezidenta sovrini uchun o’tkazilgan xalq-aro musobaqada vazni 90 kg bo’lishiga qaramasdan 205 kg vazn- lik ukrainalik Valentin Roslyakovni mag’lub etgan (1998, Toshkent), jahonning birinchi chempioni (1999, Toshkent).