Musabba

Musabba (Arab. — ettilik) — musammat usulidagi, xar bir bandi 7 misradan iborat she’r shakllaridan biri. Uning birinchi bandidagi hamma misralar o’zaro uyg’un qofiyalashadi, ke- yingi bandlarning esa 6 misrasi o’zaro qofiyalanib, oxirgi 7misrasi M. 1-ban- didagi misralarga mos qofiyalanadi (a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v- v-a, g-g-g-g-g-g-a va h.k.). Ayrim hollarda agar M.larning har bandi oxirida 1 yoki 2 Miera o’zgarishsiz takrorlanib borsa, uning qofiya tartibi ham boshqacharoq bo’lishi mumkin. Forstojik, Ozarbay- jon mumtoz adabiyoti tadqiqotchilari bu adabiyotlarda M. namunalari umu- man yaratilmaganligini qayd etadilar. M. bandlaridagi 7 mierani o’xshash qofiyalashtirish qiyinchiligi, aftidan, bu shaklga kamroq murojaat qilinishiga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. Mashrab, Komil, Miriy, Tabibiy, Vosit Sa’dul- la M.lar yozishgan.