Musaev Jo’ra Azimboevich
Musaev Jo’ra Azimboevich (1928.5.12, Yangiyo’l sh.) — genetic olim, Uzbekiston FA akad. (1984), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1980), biol. fanlari D-ri (1973), prof. (1975). O’rta Osiyo untini tugatgan (1948). ToshDU darvinizm va genetika kafedrasi assistenti (1952-56), dosenti (1956-1974), tayyorlov f-ti umumiy na- zariy fanlar kafedrasi mudiri (1961- 66), g’o’za xususiy genetikasi —problema lab. mudiri (1974 y.dan), darvinizm va genetika kafedrasi mudiri (1981-84), Uzbekiston FA o’simliklar eksperimen- tal biologiyasi in-ti direktori (1982— 84), FA Prezidiumi a’zosi (1984-88), Prezidiumning bosh ilmiy kotibi (1985-88), Uzbekiston FA o’simliklar ekspere-mental biologiyasi in-ti g’o’za xususiy genetikasi lab. mudiri (1989— 92), FA Genetika in-ti tashkilotchila- ridan. Shu in-t o’simliklar genetikasi bo’limi boshlig’i (1992-2000), ilmiy maslahatchisi (2000 y.dan). O’zMU biol. – tuproqshunoslik f-ti genetika va TSI- to-embriologiya kafedrasi mudiri (2000 y.dan). M. g’o’zaning irsiy toza genetic kollektsiyasini yaratgan. Birinchi bo’lib allotetraploid g’o’zalar belgi va xususi- yatlarini, genlarning kombinativ ta’si- rida irsiylanishi to’g’risidagi genetic nazariyaga asos solgan. M. va shogirdla- ri g’o’zaning monosomik, translokasion va tsitologik markerlangan liniyalari kollektsiyasini yaratishgan. M. g’o’zaning «Gulbahor», «Navbahor», «Armug’on» navlari mualliflaridan biri. «Uzbe- kiston milliy entsiklopediyasi» Bosh tahrir hay’ati a’zosi (1997 y.dan). «El- yurt hurmati» ordeni b-n mukofotlangan (1998) . As: Geneticheskaya kollektsiya xlopchat- Nika i problemi nasledovaniya prizna- kov, T., 1979.