Musaev Ulug’bek Razzoqovich
Musaev Ulug’bek Razzoqovich (1948.12.9, Urganch — 2002.5.6, Toshkent) — kompozitor, Uzbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Tosh- kent konservatoriyasini tugatgan (1972). Urganch (1973-75), Toshkent (1975-80) musiqa bilim yurtida o’qituvchi, Uzbeki- ston kompozitorlar uyushmasi boshqaruv kotibi (1982-92), raisi (1992-95). «Tantana» simfonik poemasi, fortepi- ano va orkestr uchun poemalari, kamer- cholg’u asarlari, «Mangulik» va «Robiya» operalari, xor asarlari, romans va qo’shiqlar muallifi. Ayniqsa, balet- lari mashhur: «Hind dostoni» Moskva- dagi katta teatr (1981)da, «To’maris» Qirg’iz opera va balet teatri (1982)da sahnalashtirilgan. Musiqa uslubi or- kestr vositalarining yorqinligi, dra- maturgik mahorati, obrazlarning rang- barangligi b-n ajralib turadi. Hamza nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).