Musaev Yusufali
Musaev Yusufali (1869 — Andi- jon — 1947.6.12) — me’mor, xalq usta- si. Me’morlikni otasi Muhammad Muso va akasi Isaxon Musaevdan o’rgangan. Andijon jome masjidi majmuasi qurilishida qatnashgan va zilzila- dan so’ng uni qayta tiklagan. M. bino qurilishida 1-1,5 m qalinlikdagi devorlarni ixchamlashtirdi, yo’g’on va og’ir ravoqlar o’rniga zinali ravoqlar qo’lladi. M. xilma-xil gumbaz tomlar yaratish b-n birga gumbazlar tuzilishini ma’lum tartibga soldi, binoning ayrim murakkab qismlari va loyihasini yarat- Di va gumbaz ustasi sifatida Shuxrat qozondi. M. qurgan binolar yorug’, ixcham va ko’rkamligi b-n Samarqand, Buxoro va Xiva ustalari qurgan binolardan farq qiladi. Farg’ona vodiysidagi 40 ga yaqin hammom uning loyihasi va rahbarligida bunyod etilgan. Muqimiy teatri bino- si M. rahbarligida shogirdlari usta Eshonxon, Ivan Minakov va usta Ergash Xojilar b-n hamkorlikda qurilgan Yi- rik binolardan biridir. M. Uzbekiston FA faxriy akad. (1944). Ad.: Ashrafov A., Usta Yusufali, T., 1955.