Musahhih
Musahhih (Arabcha), korrektor — bosmaxona nusxalarida terishda yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatuvchi tahririyat, nashriyot, bosmaxona xodimi. Musahhihning vazifasiga muallif qo’lyozmasini tekshirish (orfografik, punktuatsion xatolarni tuzatish, abzaslar qo’yish va hokazolar) ham kiradi.