Musamuhamedov Rizamat

Musamuhamedov Rizamat (1881.24.2 – Toshkent – 1979.13.3) Sohibkor bog’bon, uzumchilik amali- yoti novatori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan agronom (1971), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan Sohibkor (1935), Mehnat Qaxramoni (1962). 1893-47 y.larda Toshkent sh. va Toshkent viloyati- da uzumchilik xo’jaliklarida Sohibkor bo’lib ishlagan. Toshkent viloyati q.x. boshqarmasida tokchilik bo’yicha yo’riqchi (1947 — 50), O’zbekiston Qishloq xo’jaligi vazirligida bog’dorchilik va tokchilik bo’yicha bosh agronom (1950). Bog’va tokzorlar barpo etish, tokka shakl berish, tok kesish, tokzorlarni qayta tiklash va tok o’stirish, hosildorlikni oshirishning yangi va ilg’or usullarini ishlab chiqqan. M. rahbarligida O’rta Osiyo va Qozog’istonda 3250 ga namunali bog’va tokzorlar barpo etilgan. «Tok- chilik bo’yicha qo’llanma» (1939) «mo’l uzum hosili etishtirishdagi tajriba – larim» (1959) kabi kitoblar muallifi. O’zbekiston o’simlikshunoslik in-tida chiqarilgan va O’zbekiston, Tojikiston- da r-nlashtirilgan serhosil tok navi M. sharafiga Rizamat deb atalgan. M. haqida «Gulga burkangan hayot» (1961), «Rizamat otaning 100 bahori» hujjatli filmla- ri yaratilgan. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uzumchilik, Sirdaryo vilo- yati Oqoltin tumanidagi bog’dorchilik- uzumchilik shirkat xo’jaliklariga, tosh- kent sh.dagi ko’chalardan biriga M. nomi berilgan.