Musiqa
Musiqa (Yun. mousiche —muzalar san’-ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag’ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sa- nat turi. Uning mazmuni o’zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi mu-ayyan musiqiybadiiy obrazlardan iborat. M. insonning turli kayfiyatlari (mas, ko’tarinkilik, shodlik, zavklanish, mushohadalik, g’amginlik, xavf-qo’rquv va b.)ni o’zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, M. shaxsning Iroda- viy sifatlari (kat’iyatlik, intiluv- chanlik, o’ychanlik, vazminlik va b.)ni, uning tabiati (mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi. M.ning ushbu ifodaviy- tasviriy imkoniyatlari yunon olim- lari — Pifagor, Platon, Aristotel va Sharq mutafakkirlari — Forobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kav- kabiy, tasavvuf arboblari — Imom G’azoliy, Kalobodiy Buxoriy va b. to- monidan yuqori baholangan, sharh va il- miy tadqiq qilingan. M.ning odam ongi va hissiyotiga ta’sir etishning ajoyib kuchi uning ruhiy jarayonlarga hamohang bo’lgan prosessual — muayyan jarayonli tabiati b-n bog’liqtsir. M. asarlari maz- munida badiiy g’oyalar umumlashgan holda berilib, musiqali obrazlarning o’zaro munosabatlari (taqqoslanish, to’qnashuv, rivojlanish kabi) jarayonida shaklla- nadi. Mazkur jarayonning xususiyatlari- ga ko’ra M. mazmuni ham turli — epik, dramatik, lirik belgilarga ega bo’lishi mumkin. Bulardan insonning ichki du- nyosi, ruhiy holatlarini ifodalashga moyil bo’lgan lirika M.ning «botiniy» tabiatiga ancha yaqindir. M.ning mazmu- ni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan ibo- rat bo’lib, bunda ma’lum xalq, jamiyat va tari-xiy davrga xos ruhiy tarovat, sur’- at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umum- lashgan holda ifodalanadi. M. shakllari har bir davrning ma’naviyma’rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaktda inson faoliyatining ko’pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbir- lar, odamlarning o’zaro etik va estetik ta’sir etish, muloqot qilish jarayonla- ri) b-n mushtarakdir. M.ning, ayniqsa, insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg’ularini ri- vojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag’batlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir. Nutq, tovushli signal berish va b. tovushli—ma’noli jarayonlar singari, M. ham muayyan ma’lumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoni-yatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland-pastli- gi, ingichka-yo’g’onligi, uzunqisqaligi, kuchliligi va b. vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash im- koniyati jihatidan M. nutqqa (nutq in- tonasiyalariga) o’xshaydi. Ammo, san’at turi sifatida M. fakat ungagina xos bo’lgan xususiyatlar (mas, badiiy-estetik maqsadlarni ko’zlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, M. tovushlarining muayyan mu- sika tizimlarida tashkil etilishi) b-n nutkdan farq qiladi. Xar bir alohida olingan M. tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega bo’lsada M. tovushlari- ning baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda o’z aksi- ni topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari M. madaniyati, jumladan, o’zbek musiqa folklori, an’anaviy musiqa va basta- korlik ijodiyotida lad asosini turli ko’rinishdagi diatonika tashkil etadi. Kompozitorlik M.da (ayniqsa, 20 – a.da rivoj toptan yo’nalishlarda) diatonika b-n birga xromatika ham keng o’rin olgan. M.da asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. M.ning ogzaki an’anadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy ob- razning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Ko’p ovozli kompozitorlik yo’nalishlarda garmoniya, polifoniya un- surlari ham muhim o’rin egallaydi. M. asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozisiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-Munining mod- diy tajassumi va vujudga kelish vosi- tasi bo’lib xizmat qiladi. M. asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos bo’lib, bular badiiy maz- mundagi o’zgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga ma’lum darajada zid- dir. O’zaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar M. asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda o’z echimini topadi. Turli xalqlar M. madaniyati va an’a- nalarida M.ning barkaror va beqaror unsurlarining o’zaro munosabatlari ham o’zgachadir. Mac, an’anaviylik me- Zoniga asoslangan og’zaki yo’nalishdagi M. uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar b-n birga M. asarla- ri shakliga badixago’ylik xususiyatla- ri, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar o’z ta’sirini o’tkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma an’anadagi kompozitorlik san’ati asar- lari esa ko’proq aynan musiqiy rivojla- nish qoidalariga, ya’ni tugallangan, yax- lit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda ob’ektiv holatda saqlashda asosiy omil bo’lgan nota yozuvi mu-him o’rin tutadi. M. inson madaniyatida va jamoaviy hayotda o’ziga xos o’ringa egadir. U dam olish va ko’ngil ochish paytlari, turli ma- rosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun M. asarlari o’z mazmuni- ga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, Sarbozcha, vals, marsh, mes- sa kabi janrlar hayotdagi maishiy va b. sharoitlar b-n bog’liq bo’ladi. Ashula, dastgoh, cholg’u kuy, maqom yo’llari, kon- tsert, miniatyura, romans va b.da estetik ta’sir o’tkazish vazifalari asosiy o’rin tutadi. Janrlar, o’z navbatida, diniy mustsha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mustsha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mustsha, xor musikasi kabi M.turlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individu- al) M. uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni o’ziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub bo’lgan turli janrdagi asarlar umumiya- tini aks ettiradi (q. Avangardizm, Ba- Rokko, klassisizm, og’zaki an’anadagi musika, romantizm, sentimentalizm). Bastakor va kompozitorpar badiiy ob- razlarni kengroq qamrashga intilishib, M. va boshqa san’at turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tu- shunchaga ega bo’lgan so’z, sahna harakati, kino tasviri va b. unsurlar b-n qorishiq M. asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (q. Vokal musikasi, kino mu- SIKASI, rake musikasi, teatr musikasi). M., shuningdek, boshqa san’at turi va janrlarida ham muxim rol o’ynaydi. Mac, opera janrida, o’zbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor san’ati xamda orkestr musiqaschnk drama b-n boglaydi. Balet va b. raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini M. yor- damida ifodalaydi. Insonning M. faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kuri- nishga ega bo’ladi. Ijod bosqichida ba- diiy g’oya va shakl muallif ongida mush- tarak holda tug’iladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shax- siy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. M. ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining Xu- susiy didi, hayotiy va badiiy tajriba- siga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, M. faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi. Turli (kompozitorlik va og’zaki an’- anadagi) uslublarda mustsha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida M. ko’pincha badiiy asarlarni ijro etadi- gan san’atkorlar faoliyati orqali na- moyon bo’ladi. Shuning uchun M. ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird mu- nosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida o’rgangan asarlar- ni jonli ravishda tinglovchilar oldi- da talqin etadilar. Musiqiy folklore tizimida M. namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qo’shiqchi, sozanda yoki jamoa- viy tarzda ijro etiladi. M. ijrochiligi mustsha cholg’ulari hamda inson ovozk vo- sitasida amalga oshiriladi. Bular yakka tarzda, ansambl, xor, orkestr kabi bi- rikma shakllarida namoyon buladi. M. ijodiyoti, ijrochiligi va tingla- nishi M. faoliyati ning boshka turlari — mas, musiqa tarbiyasi, musiqa ta’li- mi, i. t. (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshkalar b-n birga jamiyat M. madaniyat i tizimini tashkil etadi. Musiqa tarixi. M.ning paydo bo’lishi masalasida turli ilmiy faraz- lar vujudga kelgan: hissiyotga to’lgan nutq oxangi (g. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftla- rini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byu- xer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombare) M.ning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham M.ning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. M. tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari b-n bevosita bog’liq holda, Ibn Xaldun (14-a.) esa — ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan. Zamonaviy musiqashunoslik fani ar- xeologiya va etn. ma’lumotlaridan kelib chiqib, M. san’atini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa san’at turlari (rake, she’riyat va q.k.) b-n krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda M. ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiyma’naviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma san’at majmuasidan bir qancha san’at turlari, jumladan, M. ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda M. tabiatga, yovvoyi hayvonlarni o’rgatishda ta’sir kursatish, insonni turli kasalliklar- dan davolovchi kuch sifatida ta’riflana- Di (q. Alikambar, ibtidoiy san’at, mav- sum ko’shiklari, marosim qo’shiqlari). Quldorlik va ilk feodal tuzumi- ga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, O’rta Osiyo (taxm. mil. AV. 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yat- larida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Na- tijada aytim, cholg’u, raqs, Doston va b. janrlar paydo bulgan. Turli xil M. asboblari (chang, ud, tan- bur, lira, kifara, puflama va urma asbo- blar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega bo’lgan. M.ning ushbu davrda asosan og’zaki an’- anada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (ieroglif, harfiy va b.) tizimi ixtiro etilgan, M. esteti- kasi va nazariyasi ta’limotlari shak- llangan: Xitoyda — Konfutsiy, Yunoni- stonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va b., O’rta Osiyoda — Borbad. O’rta asr G’arbiy Evropada professi- onal cherkov (bir ovozli Grigorian xora- li, keyinchalik ko’p ovozli xor va vokal- cholg’u janrlari — orga-num, kondukt va b.), dunyoviy (Fran-tsiyada — Trubadur- lar, truverlar; Germaniyada — minnezin- gerlar san’ati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. 12-a.da Frantsiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-dam maktabi), 14-a.da Frantsiya va Italiyada «are Nova» uslu- bi yuzaga kelgan. Gvido D Aresso ixtiro etgan to’rt chiziqli nota yozuvi tovush ba- landligi va nag’malar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan. Ushbu davrda O’rta va yaqin Sharq (Arab xalifaligi)da erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan mu- sulmon kasbiy M. (azon, tartil, tajvid) janrlari shakllangan. Ular boshka M. turlaridan mustaqil ravishda rivojla- nib, keyinchalik o’n ikki makom tizimi- ning shakllanishiga ham ma’lum daraja- da ta’sir ko’rsatgan. 8— 13-a.lar Musul- mon Shark, xalqlari og’zaki an’anadagi kasbiy M. si daston (M. nazariyasida) yoki parda (she’riyat va M. amaliyotida) tizimlari asosida shakllangan. O’rta Osiyo, Eron va Arab xalqlari M.sida mut- tasil davom etgan o’zaro ta’sir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy bo’lgan vokal (savt, g’ino, amal, mulammo, qavl va b.) va cholg’u (ra- voshin, peshrav kabi) turlari vujudga kelgan. Mashhur bastakor, xonanda va sozandalar Ibrohim Mavsiliy, Ishoq Mavsiliy, Ziryob, Mansur Zalzal, Ibn Surayj, Ibn Axvas as-So’g’diy, safi- Uddin al-Urmaviy va b. ijod qilgan. Musiqa ilmida ham muhim yutuqlarga erishilgan. Yunon M. nazariyasi hamda mahalliy xalqlar M. an’analariga asos- langan musiqiy estetika va ilmiynaza- riy ta’limotlar dastlab mat. Fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifa- tida (Urmaviy) shakllangan. Ishoq Mav- siliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urma- viy esa ushbu yozuvni parda tizimiga mos- lashtirgan. Uyg’onish davri Evropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik g’oyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan M. san’- atida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga ko’tarildi, cholg’u (lyutnya, Viola) va vokal {Madrigal) ij- rochiligi rivoj topgan. Professional M.da polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va b. janrlar) o’z cho’qqisiga ko’tarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada — D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda — Palestrina, Vene-tsiyada — A. va J. Gabrieli) maktablari shakllandi. 17-18-a.ning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-Verdi, A. Skarlatti; Frantsiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), ora- toriya (g. F. Gendel), kantata (g. Shyuts, I. S. Bax), kontsert (A. Korelli, A. VI- Valdi, I. S. Bax, Gendel), kamer an- sambl, Sonata (A. Korelli, D. Skarlat- ti), syuita va b. janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (u. Byord, G. Pyorsell, F. Kupe- Ren, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholg’u asboblar (skripka, Alt, violonchel) ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etish- gan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa ta’limi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-a. o’rtalari — 19-a.ning boshida Evropa M.si ma’rifatchilik davri hamda Buyuk Frantsiya inqilobi g’oyalari ta’siri ostida rivojlangan (frantsuz kompo-zitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klas- sik maktabi vakillari ijodi, simfo- nizm musiqatafakkuri). 19-a.da rus (M. Glinka, «qudratli tuda» vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Mo- nyushko), Chex (B. Smetana, D. Dvorjak), Venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (ya. Sibelius) yangi milliy kompozi- torlik maktablari shakllangan, etakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shu- man, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Pa- ganini vab.). 20-a. M. tarixida alohida o’rin tutadi. M. madaniyatining barcha jabhalarida tub o’zgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yo’nalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) ri- voj topgan. 20-a.da yuz bergan ilmiytex- nik va informasion inqiloblar (radio, televidenie, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida M.ning tinglovchilarga etkazish va eshi- tish sohalarida yangi imkoniyatlar pay- do bo’ldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kom- pozitorlik ijodida sof musiqiy (sim- Foniya, kontsert, kamer-cholg’u M. kabi) janrlar o’rniga vokal M.si, teatr M.si, kino M.si kabi «aralash» turlar etakchi- lik qila boshladi. Kompozitorlik ijo- Di b-n birga an’anaviy M. ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamla- katlari mumtoz M. janrlari (mas, hind ragalari, Pokiston qavalli, Ozarbay- jon Mug’om, o’zbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy M. yo’nalishlariga o’z ta’sirini o’tkazdi. O’zbekistonda M., asosan, xalq va og’zaki an’anadagi professional M. sifatida qadimdan rivojlanib kel- gan. Xalq M.sidalapar, terma, yama, qo’shiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, o’yin, raqs, lirik, nasihatomuz va b.), og’zaki an’anada- gi o’zbek professional M.sida esa do- ston, katta ashula, ashula, maqom, cholg’u yo’llari kabi janrlar mavjud. O’zbek M. merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farklash mumkin (q. Buxoro-Samarqand musika uslubi, Xorazm musika uslubi, Farg’ona — Toshkent musika uslubi, Surxondaryo-Qashqadaryo muetsha uslubi). 20-a.da o’zbek va b. O’rta Osiyo xalqlari M. merosini yozib olish va o’rganish bo’yicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota to’plamlari va i. t.lar nashr etildi. Bastakor, Xrfiz va sozandalar o’zbek M. merosi durdonalari (Shashmakom, xo- razm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yo’llari va b.) ni keng targ’ib qilibgina qolmay, yangi cholg’u kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi bo’lishdi. 1930-40 y.larda O’zbekistonda avvallari bo’lmagan yangi (opera, balet, simfonik M., kamer M., kontsert kabi) M. janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950-60 y.lardan bosh- lab O’zbekiston kompozitorlari ijo- dida keng rivoj topdi, shuningdek, om- maviy M.ning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yo’nalishlari ham keng yoyilgan. M. ta’limi tizimi O’zR Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik lisey, 30 ga yaqin san’at, M. hamda madaniyat kollejlari, O’zbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent dav- lat madaniyat in-ti, M. Uyg’ur nomidagi san’at in-ti va b. oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladi. Hozirda O’zbekistonda M. faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr, xor va ansambllar), «O’zbeknavo», UZTE- leradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va yakkaxonlar, hamda mustaqil ravishda ijrochilik b-n shug’ullanayotgan ayrim xonanda va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Abdumannon Nazarov, Olimjon Be- kov.