Muslim ibn Hajjoj
Muslim ibn Hajjoj, Imom Muslim (817 yoki 821—Nishopur — 875) — muhaddis, Imom. Imom Buxoriydan keyingi hadis ilmining bilimdoni. Fiqxdan ham yaxshi xabardor bo’lgan. Yosh- ligida ko’p mamlakatlarga safar qilgan, jumladan, Hijoz, Misr, Suriya, Irokda bo’lgan. Ulamolarning qayd etishlari- cha, u 300 mingdan ziyod hadisni o’rganib chiqib, ulardan 12 mingtasini ishonchli (sahih) deb topgan va o’zining «as-sahih» («Sahihi Muslim») asariga kiritgan. To’plam Musannaf shaklida tuzilgan. Mazmunan uni «Sahihi Buxoriy»ning o’zginasi deyish mumkin, lekin u boshka manbalarga asoslanib yozilgan. M. ibn H. isnodga alohida axdmiyat bergan. Ki- tob 52 bo’limdan iborat, bo’limlarning har birida o’ziga tegishli hadislar to’plangan (mas, dinning 5 arkoni to’g’risidagi, nikohga doyr, meros kri- dalariga bag’ishlangan, qurbonlikka oid, payg’ambarlar va sahobalar to’g’risidagi, oxirat haqidagi, axloqqa oid va tibbiy mazmundagi hadislar). Tarixiy va bio- grafik mazmundagi hadislar bu kitob- ning boy manba si-fatidagi qiymatini oshiradi. «As-sahih» kitobi shariat bo’yicha qo’llanma vazifasini o’tashi lo- zimligi nazarda tutilgan. Bu asar axli sunna nazdida 6 ta mashhur sahih kitob- ning ikkinchisidir. M. ibn H. bundan tashqari fikdga oid asarlar va muhaddislarga bag’ishlangan biografik to’plamlar yaratgan, lekin yoz- ganlari saqlanib qolmagan, bizgacha bir- gina «as-sahih» asari etib kelgan.