Muso

Muso — Qur’onda tilga olingan pay-g’ambarlardan biri. Qad. yahudiy man- balarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi b-n ma’lum. Yahudiylikka e’tiqod qiluvchilar M.ni iudaizm asos- chisi deb hisoblaydilar. Qur’onning bir necha suralarida M.ning nomi qayd etilgan. Ba’zi rivoyatlarda M. «Bani Isroil» qabilasida tug’ilishi, Misr podshohi (Fir’avn)ning taxtdan ketishi- ga sababchi bo’lishi, taqdir taqozosi b-n Misrdan qochib ketishi va Arab qiziga uylanganligi aytiladi. Xudo M.ni is- roil qabilasini Fir’-avn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketish- ga da’vat qiladi. Unga Sino tog’ida «10 vasiyat» tosh la-vhasini takdim etadi. M. qo’lidagi tayo-qning ilonga aylani- shi, cho’ntagidan qo’lini chiqarganda oyna kabi yaltirab ko’zlarni qamashtirishi kabi mo»jizalarga ega bo’lgan. Unga Tav- rot nozil etilgan. M.ni yahudiylar, mu- sulmonlar, xristianlar payg’ambar deb hisoblaydilar. Ad.: Payg’ambarlar qissasi, T., 1993.