Muso ibn Nusayr

Muso ibn Nusayr (?-716 yoki 717) — Umaviylarning Afrikadagi lashkar-boshisi, Sharqiy barbarlar yor- damida Afrikaning shim.dagi dengiz sohillarini Tanjer sh.ga qadar bosib olgan (706-709). Vizantiya tomoni- dan Tseuta qal’asi boshlig’i etib tay- inlangan graf Yulian ham arablarga bo’ysungan. Keng tarqalgan rivoyatga ko’ra, aynan Yulian arablarni Ispaniya- ga qarshi yurish qilishga undagan; bunga uning qizini vestgotlar qiroli Rodrig tomonidan haqorat qilinishi sabab bo’lgan. M. ibn N.ning mavlosi Toriq ibn Sayd 7 ming barbar b-n bo’g’ozdan Ispaniya sohiliga o’tgan (q. Gibraltar) va 711 y. Kadiks (ba’zi ma’lumotlar- ga ko’ra Xeres dela Fronter) yaqinida g’alaba qozongan va osonlik b-n boshqa shaharlarni birin-ketin egallay boshla- gan. M. ibn N.ning bunga g’ayirligi ke- lib 712 y. 18 ming qo’shini b-n o’zi ham Ispaniyaga o’tgan, Toriqni hibsga olib, Ispaniyani zabt etishni o’zi nihoyasiga etkazgan. M. ibn N.ning qudrati kuchay- ib ketishidan xavfsiragan xalifa uni Damashqqa chaqirtirib olgan (715); M. ibn N. ning mol-mulki tortib olingan.