Muso Sayramiy

Muso Sayramiy, Mulla Muso ibn Mulla Isoxo’ja Sayramiy (1836.23.8, Sayram tumani, Sharqiy Turkiston — 1917) — tarixchi, davlat arbobi, mudar- ris, adib va shoir. M. S. uyg’ur olimi Mulla Usmon Oxund xalfadan Qur’on, hadis, tarix, adabiyot, ilmi nujum, Ge- ogr., Arab va fors tillarini o’rgangan. «Mulla Muso», «bola mulla», «Mulla abjad» nomlari hamda «Sayramiy» ta- xallusi b-n Shuhrat qozongan. 19-a.ning o’rtalarida Sharqiy Turkistonda tash- kil toptan uyg’ur davlati ma’muriyati- da har xil lavozimlarda ishlagan. M. S. «Tazkiratul-avliyo, Fi muftaxul imon» («Avliyolar tazkirasi — imon kaliti», 1885), «dar bayoni As-hobul Qahf» («g’or kishilari haqida», 1903), «tarixi ami- niya» (1903), «tarixi Hamidiya» (1908) kabi tarixiy asarlar va «Devoni masna- viy» (1907) she’rlar to’plami, «Salom- noma» (1916) nomli asarlar muallifi. «Tarixi Aminiya» asarida Turkiston — Mo’g’ulistonda hukm surgan xonliklar va xonlar, Yorkend xonligi (1465 — 1759), uni manjur-xitoylar tomonidan bosib olinishi, erli aholining mustaqillik uchun kurashlari hikoya qilingan. M. S. asarlari Turkistonning 14-19-a. lar tarixini o’rganishda mu-him manba hisoblanadi.