Mussolini (Mussolini) Benito

Mussolini (Mussolini) Benito (1883.29.7, Forli – 1945.28.4, Dongo yaqini) — Italiyaning fashist diktatori (1922-43). Siyosiy yo’lini sosi-Ali- stik partiya safida boshlagan, bu partiya- dan 1914 y. o’chirilgan. 1919 y. fashistlar partiyasiga asos soldi va uning rahbari (duche) bo’ldi. «Rimga yurish»ni uyush- tirib, hokimiyatni qo’lga oldi (1922). M. hukumati mamlakatda terrorchi re- Jimni joriy qildi, bosqinchilikdan iborat tashqi siyosat olib bordi (1935 y. Habashistonni, 1939 y. Albaniyani va b.ni bosib oldi), Germaniya b-n bir- galikda 2ja-hon urushini ochdi. 1945 y. Italiya partizanlari tomonidan qo’lga olindi va qatl etildi.