Mutallibov Solih
Mutallibov Solih (1900, 19. 3 -Toshkent — 1979.18.3) — tilshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1971). Boshlang’ich ta’lim- ni eski maktabda olgan, so’ng madrasada o’qigan (1912-16). O’qituvchilar kursini (1918) tamomlab, internat, maktablarda dare bergan. Samarqand Ped. akademiyasida o’qigan (1928-31). Tosh-kentda 3xotinqizlar bilim yur- tida o’qituvchi (1932-34). Ped. il- miy tadqiqot in-tida xodim (1934-36). O’zbekiston FA til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1938-78). «11 – asr yod- gorliklarida fe’l kategoriyasi» (1955), «Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk» (1959), «Alisher Navo- iyning aforizmlari» (1940; 1968) kabi ilmiy asarlar muallifi. M. Mahmud Koshg’ariyning «Devonu luyutit turk» («Turkiy so’zlar devoni») asarini o’zbek tiliga tarjima qilib nashr ettirgan (3 j.li, 1960-63). Ilmiy faoliyati Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asarining o’zbek tiliga tarjimasi talqini va tadqiqotiga bag’ishlangan.