Muvaqqat hukumat

Muvaqqat hukumat ( Rossi- yada) — imperator Nikolay II taxtdan ag’darilgandan so’ng barpo etilgan 1de- mokratik hukumat. Fev. Inqilobidan so’ng Davlat dumasi a’zolari muvaqqat (Vaqtli) komitet tomonidan, Petroso- vet rahbarlarining roziligi b-n, ta’sis Majlisi chaqirilgunga qadar tuzilgan. Oliy ijroiya-boshqaruv organi qonun chiqarish funktsiyalarini ham bajargan. 1917 y. 2(15) martdan 25 okt. (7 noyab.) gacha faoliyat yuritgan; M.h.ning 4 ta tar- kibi almashgan: 1-tarkib (2 oktyabrist, 8 kadet va ularga qo’shilgan 1 trudovik, so’ng — eser; rais — kadet g. E. Lvov) — 6 (19) maygacha; 2tarkib (1 oktyabrist, 8 kadet va ularga qo’shilganlar, 3 eser, 2 menshevik, rais — Lvov) — 24 iyul (6 avg.)gacha; 3tarkib (7 kadet va ularga qo’shilganlar, 5 eser va xalq sosialist- lari, 3 menshevik; rais — eser A. F. Ke- renskiy) — 1(14) sent.gacha (hokimiyatni «Direktoriya»ga topshirgan); 4tarkib (6 kadet va ularga qo’shilganlar, 2 eser, 4 menshevik, 6 parti-yasiz; rais — Keren- skiy) — 25 sent. (8 okt.) gacha. M.H.ning 6(19) martdagi Rossiya fuqarolariga qilingan murojaati va deklarasiyada [3(16) martda nashr qilingan] bayon qilingan dasturida «hokimiyat vorisligi» va «huquqning uz- luksizligi» tamoyilini e’lon qilgan, urushni «to g’alabaga qadar» davom etti- rish va ittifoqdosh davlatlar b-n tuzil- gan barcha bitim va shartnomalarga rioya etilishini bildirgan. Polisiya appa- rati tormor etilishini, Ministrlar Soveti a’zolari qamoqqa olinganini qonunlashtirgan, katorga va surgunni bekor kilgan, siyosiy amnistiya e’lon qilgan. Siyosiy erkinliklar joriy qilishga, ta’sis majlisini chaqirishga, polisiyani xalq milisiyasiga aylanti- rishga va’da bergan. Majlis va ittifoq erkinligi haqida qonun qabul qilgan; imperator xonadoniga tegishli erlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish haqida, sano- at korxonalaridagi ishchilar komiteti haqida farmon chiqargan; non monopoli- yasi joriy etilgan. 1(14) sent.da Rossi- yani respublika deb e’lon qilgan. Okt. to’ntarishi natijasida ag’darib tashlan- gan.