MUVOZANAT ORGANLARI

MUVOZANAT ORGANLARI – odam va ko’pchilik xayvonlarda gavda holatining fazoda o’zgarishi, erning tortish kuchi va tezlanishining orga- nizmga ta’sirini qabul qiladigan or- ganlar. Umurtqasiz hayvonlar (bir hujayralilar, plastinkasimonlar, g’ovaktanlilardan boshqa) M.o. statosist- lar, ya’ni eshitish pufakchalaridan ibo- rat. Statosistlar ichida otolitlar deb ataladigan eshitish toshchalari bo’ladi. Statosistlar tuzilishi va tanada joyla- nishi b-n bir-biridan farq qiladi. Mas, stsifomeduzalar va gidromeduzalarning statosistlari soyaboni chetida joylash- gan. Qisqichbaqasimonlarning yumaloq xaltachaga o’xshash M.o. mo’ylovlari aso – sida; boshoyokli mol-lyuskalarning yopiq pufakchaga o’xshash M.o. bosh skeleti kap- sulasi ichida joylashgan. Hasharotlarda haqiqiy statosistlar bo’lmaydi. Odam- lar va umurtqali hayvonlarning M.o. vestibulyar apparatnaya iborat. Odamda muvozanatni saqlashda vestibulyar AP- paratdan tashqari, teri, muskul-bo’g’im va ko’rish sezuvchanligi refleksi katta rol o’ynaydi. Shu reflekslar jara-yoni- da hosil bo’lgan murakkab munosabatlar muvozanatni ta’minlaydi.