Muxolafat, muxolifat
Muxolafat, muxolifat (Arab. — teskarilashish, kelishmovchilik) — rasmiy hukumat, uning siyosati b-n kelishmay boshqacha siyosiy yo’l tutib, faoliyat yuritish. M.ning mavjudli- gi fuqarolik jamiyatining siyosiy ma- daniyatini belgilab beruvchi muhim xususiyathisoblanadi. M. bo’lishning asosiy talablari quyidagilardir: hokimiyatni boshqarish, tashkil etish bo’yicha o’z dasturiga, o’z «komanda»siga, o’z faoli-yatining g’oyaviy, mafkuraviy asosiga ega bo’lish; amaldagi huquqiy normalar asosida faoliyat olib borish; o’z da-sturini mafkuraviy yo’llar b-n keng jamoatchilikka etkazish; o’z elekto- rati (saylovchilar doirasi)ga ega bo’lish, ular manfaatini kuzlab qonun doirasi- da kurashish; hal qilinishi kerak bo’lgan vazifalarni echish uchun alternative (muqobil) yo’llarni taklif etib, uning to’g’riligini amalda isbotlashga harakat qilish. Hoz. davrda M.ning rivojlangan shaklini Buyuk Britaniya va AQShda ku- rish mumkin. M. bu mamlakatlarda har tomonlama qo’llab-quvvatlanadi, uning rahbarlari rasmiy lavozimlarga ham tayinlanadi. O’zbekistonda M.ning vujudga ke- lishi, faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi, bu asoslar tobora ri- vojlantirib borilmoqda. O’zR Konsti- tuiiyasida «O’zbekiston Respublikasi fukarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshka jamoat birlashma- lariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Si- yosiy partiyalarda, jamoat birlashmala- rida, ommaviy harakatlarda, shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolafatchi shaxslarning huquqpari, erkinlikla- ri va qadrqimmatini hech kim kamsiti- shi mumkin emas» (34modda), deb yozib quyilgan. Chunki M.ning bulishi, uning amaldagi qonun va tartibotlar doira- sida faoli-yat yuritishi jamiyat rivo- jiga katta qissa qo’shadi. M. o’zining g’oyalari, takliflari, dasturlari b-n rasmiy hukumat ko’rmagan tomonlarga ishora qilib turadi. Buning natijasida rasmiy hukumat yaxshiroq ishlashga, do- imo izlanib, oldinga intilishga harakat qiladi. Sayfiddin Jo’raev.